B2B Catering Xizmatlari bo‘yicha Sotuv Menejeri
Biz haqimizda:
Toshkent markazida Cambridge kafemiz catering xizmatlarini rivojlantirish maqsadida korporativ mijozlar bilan ishlay oladigan, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga ega sotuvlar mutaxassissini qidiryapmiz. Agar siz mijozlar bilan muloqot qilish, ularga xizmatlarimizni tushuntirish va muvaffaqiyatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda tajribali bo‘lishni istasangiz, bizning jamoaga qo‘shiling!
Asosiy vazifalar:
Korporativ mijozlar, tashkilotlar va tadbir tashkilotchilar bilan aloqalar o‘rnatish.
Catering xizmatlarimizni taqdim etish va mijozlarga xizmatlarimizni sotish.
Uchrashuvlar va qo‘ng‘iroqlarni tashkil qilish, mijozlar bilan faol muloqot olib borish.
Sotuv bo‘yicha takliflar tayyorlash, shartlarni kelishish va bitimlarni muvaffaqiyatli yakunlash.
Xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlash uchun ichki jamoalar bilan hamkorlik qilish.
Bozorni o‘rganish, yangi imkoniyatlarni aniqlash va sotuv strategiyalarini takomillashtirish.
Talablar:
Tajriba: Kamida 2 yil B2B sotuvda tajribasi bo’lishi kerak.
Ko‘nikmalar: Odamlar bilan ishlash, muloqot va ishontirish qobiliyatlari.
Tillar: O‘zbek va rus tillari
Texnik ko‘nikmalar: MS Office yoki Google Workspace dasturlari bilan ishlashni bilish.
Biz taklif qilamiz:
Ish soatlari: Kuniga 8 yoki 9 soat, haftasiga 6/1 kunlik ish jadvali yoki boshqa moslashuvchan variantlar.
Maosh: Suhbat davomida kelishiladi.
Rivojlanish: Professional o‘sish va martaba rivoji uchun imkoniyatlar.
Toshkentda catering xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha bizning jamoamizning muhim bir qismiga aylaning!
Обслуживать клиентов: работать со счетами, пластиковыми картами и денежными переводами. Продавать банковские и страховые продукты (кредитные продукты, карты, вклады).
Обслуживать клиентов: работать со счетами, пластиковыми картами и денежными переводами. Продавать банковские и страховые продукты (кредитные продукты, карты, вклады).